So’nggi yangiliklar

08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  0 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  18 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3

Avstraliya U-20 termasi ustozi: "Eron kuchli qarshilik ko'rsatdi" Yangiliklar

Avstraliya U-20 termasi ustozi: "Eron kuchli qarshilik ko'rsatdi"

U-20 Osiyo Kubogi 2-turida Eron ustidan qo'lga kiritilagn 3:2 hisobidagi g'alabadan keyin Avstraliya yoshlar termasi ustozi Trevor Morgan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

O'yin haqida fikrlaringiz? 

– Avvalroq aytib o'tganimdek, har bir o'yin juda qiyin bo'lishi aniq edi, Eron bugun kuchli qarshilik ko'rsatdi, lekin biz g'alabani ko'proq hohladik va unga erishdik deb o'ylayman. 

Bugun o'yin uslubi ko'proq xujum qilishga qaratilganmidi? 

– Ha, menimcha bugun hujumga o'tishimiz kerak edi, raqib ham birinchi taymda to'pni bizga berib qo'ydi va albatta biz xujumga o'tdik. 

Ikkinchi taym boshida Eron o'yinga qaytdi va maydonda jang boshlandi, o'sha vaqt yigitlarning ruhiy holati qanday edi? 

– Biz Eron terma jamoasini kurashishini bilar edik, agar uchrashuv 120 daqiqa davom etganida ular 120 daqiqa tinmay o'ynashar edi va biz bunga tayyor edik. Yigitlarning asosiy maqsadi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish va ular ushbu yo'lda har bir raqibga tayyor bo'lishlari kerak. 

Keyingi uchrashuv Qatar terma jamoasiga qarshi, so'ngi uchrashuvda Avstraliya terma jamoasidan nima kutsak bo'ladi? 

– (jilmayib) O'yinni stadiondan tomosha qilishga keling va barchasini bilib olasiz.


Bahsda dublga erishib, qahramonga aylangan Avstraliya termasi azosi Adrian Segechich

Bugungi o'yiningizdan qoniqdingizmi? 

– Ha, albatta men bugun ikkita gol urdim va eng muhumi jamoamga 3 ochko ishlashga yordam berdim. Eron kuchli himoyaga ega jamoa, ular himoyada ancha yaxshi xarakat qilishdi. 

Eronlik himoyachilarga qarshi o'ynash qiyin bo'ldimi? 

– Albatta, ular meni taqid qilib yurishdi desak ham bo'ladi, lekin muhumi g'alabaga erishdik. Keyingi uchrashuv haqida o'ylashimiz kerak.


Abdulvosit Bektemirov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика