So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

Avstraliya - Quvayt. O'yindan oldingi statistika Yangiliklar

Avstraliya - Quvayt. O'yindan oldingi statistika

Bugun Sidney vaqti bilan soat 20:00da Osiyo Kubogi-2015ning ochilish o'yini bo'lib o'tadi.
Melburn shahrida Avstraliya va Quvayt terma jamoalari to'qnash kelishadi. Ravshan Ermatov boshqarib boradigan o'yindan oldingi bazi statistik ko'rsatkichlar bilan tanishib oling:

Avstraliya Quvaytga qarshi o'tkazgan oxirgi 6ta o'yindan faqat bittasida g'alabaga erishgan. Bir g'alaba, bir durang va 4 mag'lubiyat.
 
Quvayt 2011 yilgi Osiyo Kubogi saralashi doirasida Kanberrada Avstraliyani mag'lub etib qaytgan. 2009 yil Mesaed Neda tomonidan urilgan gol "sokkeruzlar"ning o'z maydonida mag'lub bo'lishini taminlagan.
 
Osiyo Kubogining oxirgi beshta mezboni musobaqada chorak finaldan o'ta olmagan. (2007 yil to'rtta mezbon bo'lgan - Indoneziya, Malayziya va Tailand guruhda qolib ketgan. Vetnam chorak finalda mag'lub bo'lgan. 2011 yil Qatar ham chorak finalda musobaqa bilan xayrlashgan.
 
Quvayt 2011 yilgi qita chempionatida guruh bosqichidagi uchala o'yinda ham mag'lubiyatga uchragan.
 
Avstraliya barcha musobaqalarda oxirgi 11ta o'yinning faqat bittasida g'alaba qozonib, 8 marta mag'lubiyatga uchradi.
 
Avstraliyaning oxirgi 12ta golidan 8tasini Tim Kexill raqib darvozasiga urgan.
 
Mayl Edinak 2014 yilda Angliya premer-ligasida eng ko'p 130 marta "podkat" qilgan va 141 bor to'pni raqibdan olib qo'ygan.
 
Quvayt terma jamoasining 10 nafar azosi "Al-Qodisiya" klubidan. Hech bir klubdan bunchalik ko'p futbolchi Osiyo Kubogiga tashrif buyurmagan.
 
Osiyo Kubogida ishtirok etayotganlar orasida Quvayt saralashda eng ko'p gol o'tkazib yuborgan - 7ta.

 
Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика