Avstraliya o'yinni bekor qilgani uchun endi O'FAga jarima to'laydi
27 may 2021 20:50
Yangiliklar
Avstraliya o'yinni bekor qilgani uchun endi O'FAga jarima to'laydi
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasining Avstraliya bilan nazorat uchrashuvi bekor qilindi.
Avstraliya futbol Federaciyasi oldinroq o'zi taklif etgan o'yinni bekor qilishni so'rab O'FAga murojaat qilgan. Sabab sifatida Dubayga 16 nafar futbolchi olib kelingani, ulardan 3 nafari darvozabon ekani hamda 3 futbolchi jarohat olgani bois o'yinchilar etishmovchiligini ko'rsatgan.
Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold uzr so'rab Vadim Abramovga murojaat ham yo'llagan. Ushbu xatni ko'rdik va audioni eshitdik.
Biroq, O'zbekiston terma jamoasining rejalariga tasir qilgani uchun O'FA xalqaro bo'limi Avstraliya FFga rasmiy xat yo'llamoqchi. Yani kelishilgan shartnoma bo'yicha Avstraliya FF o'yinni bekor qilgani uchun O'FAga jarima to'laydi.
Fikrlar