So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  31 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

"Avstraliya ko'pchilik vahima qilayotgandek kuchli emas, Kuperni Suriya bosh murabbiyi bo'lgani o'yin qiymatini oshiradi " - Mutaxassislar qura haqida nimalar dedi? Yangiliklar

"Avstraliya ko'pchilik vahima qilayotgandek kuchli emas, Kuperni Suriya bosh murabbiyi bo'lgani o'yin qiymatini oshiradi " - Mutaxassislar qura haqida nimalar dedi?

Bir necha soatlar oldin O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi raqiblarini bilib oldik.

Tashqaridan olib qaralganda barcha Avstraliyani jiddiy raqib sifatida ko'rayotgandek. Lekin bugungi kunda futbol rivojlanayotganini, istalgan terma jamoadan xavf kutish mumkinligini unutmaslik kerak. Bizning maqsadimiz esa doim yuqori bo'lib kelgan va bu yo'lda raqib tanlash kerak emas. Bu borada fikrlarimni qisqa qilgan holda, mutaxassislarga yuzlanaman. 

Osiyo Kubogiga qura tashlandi: O'zbekiston Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan to'qnash keladi

Timur Kapadze (O'zbekiston olimpiya terma jamoasi, "Olimpik" klubi bosh murabbiyi) - Birinchidan terma jamoamizga omad tilayman. Xudo xohlasa vatanimizga birinchi o'rin bilan qaytishadi. Guruh haqida nima deyish mumkin? Har bir raqib o'ziga yarasha kuchga ega. Avstraliya kuchli, Suriya har doim hurmat bilan munosabatda bo'lganmiz, Hindistonni bularning fonida kuchsizdek. Lekin ularda ham futbol oldinga siljimoqda. O'zbekiston guruhdan chiqishiga ishonaman. Fikrimcha, hozirgi kunda terma jamoamizda sovrinli o'rinlarga kurashadigan salohiyat mavjud. Murabbiy va futbolchilarning bunga kuchi etadi, deb o'ylayman. 

Kamoliddin Murzoev (O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari) - O'ylashimcha, qulay raqiblar tushdi. Biz bilgan Avstraliya ham hozirda kuchli darajada emas. Savatchalarni olib qaraganda ham biz teng raqibmiz. Qaysidir jabhalarda ustun kelishi mumkin. Umumiy olib qaraganda ustunlik katta emas. Qolgan ikki jamoaga kelsak, Suriya bosh og'riq bo'la oladi. Bu jamoani ko'pchilik yaxshi biladi. Oldimizga yuqori maqsad qo'yilgan taqdirda raqiblarni kuchli yoki kuchsizga taqsimlash noto'g'ri bo'ladi. Lekin baribir qura bir muncha qulay, deb o'ylayman. 

Abdumajit Toirov (sobiq futbolchi) - Quradan avval savatchalarni olib qaraganda, 3,4 savatlardagi raqiblar muammo tug'dirmasdi. Eng kuchli terma jamoalar birinchi savatda edi. Eron yoki Avstraliya tushsa yaxshi bo'lardi, deb o'ylayotgandim. Avstraliya tushdi, o'ylashimcha ulardan kamchilik joyimizni ko'rmayapman. Guruhda bemalol birinchi o'rinni egallasak bo'ladi. O'zbekistonga muxlislik qilamiz, qancha uzoqqa borsa shuncha xursand bo'lamiz. 1,2,3 o'rinlar uchun bemalol kurashsak bo'ladi. "s" guruhini eng bo'sh, deya olaman. 

Baxtiyor Hamidullaev (sobiq futbolchi, Hindiston bilan so'nggi to'qnashuvdagi gol muallifi) - Menimcha, yaxshi raqiblar tushdi. Osiyoda barcha jamoalar rivojlanmoqda. Albatta guruhdagi eng kuchli raqib Avstraliya bilan qanday o'ynash kerakligini qitaning qolgan termalari ko'rsatib berdi. Misol uchun Qirg'iz Respublikasi ham oxirgi o'yinda Avstraliyani qiynab qo'ygandi. O'ylashimcha, u qadar qo'rqinchilik raqibmas. Noqulay raqib sifatida Suriyani ko'rsatgan bo'lardim. Garchi o'z vatanida o'ynamasada, futboli ortga ketmayapti. Hindiston haqida esa ko'p tasavvurimiz yo'q. Guruhdan birinchi o'rin bilan chiqa olishimizga potencialimiz etadi. 

SHahboz Beg'amov (Championat.asia eksperti) - Guruh ancha yaxshi. Har xil kategoriyadagi raqiblar: kuchli, o'rtacha va kuchsiz raqiblar tushdi. Avstraliyani qachondir yutish kerak va buni guruhda hamma narsani hal etgach amalga oshirish qulay fursat. Suriya nisbatan noqulay, lekin yutib yurgan jamoamiz. Kuperni Suriya bosh murabbiyi bo'lgani o'yin qiymatini oshiradi va bu bahsda yutishimiz kerak. Hindiston esa ortiqcha muhokamalarsiz yutishimiz va yirik hisobda g'alaba qozonishimiz shart bo'lgan jamoa. Osiyo Kubogida minimum yarim finalga qadar borishimiz, idealda nihoyat bosh sovrin uchun jiddiy kurashadigan muhim musobaqa.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика