Avstraliya himoyachisi: "Messi – tarixdagi eng zo'ri, ammo unga qarshi o'ynash sharaf emas. U oddiy inson"
02 dek 2022 18:22
Yangiliklar
Avstraliya himoyachisi: "Messi – tarixdagi eng zo'ri, ammo unga qarshi o'ynash sharaf emas. U oddiy inson"
Avstraliyaliklar JCH-2022 1/8 finalida Argentina bilan o'ynashadi.
"Afsuski, men Messining ashaddiy muxlisiman. Lekin men unga g'alaba tilagandan ko'ra o'zim Jahon chempionatida g'alaba qozonishni xohlayman.
SHubhasiz, bu Messining Argentina safidagi so'nggi Jahon chempionati bo'lishi mumkin va u musobaqada g'alaba qozonib, faoliyatini o'zining eng yuqori cho'qqisida tugatishni xohlaydi. Bizning motivaciyamiz buning oldini olishdir.
Men har doim Messini yaxshi ko'rganman. Menimcha, u tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Biroq unga qarshi o'ynash sharaf emas, chunki u hammamiz kabi oddiy inson. Jahon chempionatining 1/8 finaliga chiqish – bu sharaf. Argentina yoki Polsha bilan o'ynaymizmi yoki yo'q, baribir 1/8 finalda Avstraliya safida to'p tepish men uchun faxrli bo'lardi", – dedi Milosh Degenek.
Fikrlar