Avstraliya bosh murabbiyi: "Biz to'rt yil oldin chempion bo'lgandik, endi yangi musobaqa boshlanmoqda"
05 jan 2019 18:31
Yangiliklar
Avstraliya bosh murabbiyi: "Biz to'rt yil oldin chempion bo'lgandik, endi yangi musobaqa boshlanmoqda"
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan Iordaniya - Avstraliya uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Avstraliya ustozi Grem Arnold ishtirok etdi.
"Biz to'rt yil oldin o'z maydonimizda chempion bo'lgandik. Bu Avstraliya uchun ajoyib xotira. Ammo to'rt yilda jamoada ko'p narsa o'zgardi.
Tarixni unutib, kelajakka qaraymiz. Oldinda Osiyo Kubogi turibdi. Barchamiz musobaqaga tayyormiz.
Metyu Leki jarohat olgan va Iordaniya bilan o'yinda maydonga tusha olmaydi. Ammo uning tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. Ikkinchi turdan oldin esa uning holatiga qarab xulosa qilamiz", - deydi Grem Arnold.
Iordaniya bosh murabbiyi: "Avstraliya biz bilan bahsda juda qiynaladi deb umid qilaman"
Fikrlar