So’nggi yangiliklar

16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  0 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1

Avazbek O'lmasalievning asosiy maqsadi nima? Yangiliklar

Avazbek O'lmasalievning asosiy maqsadi nima?

Bundan bir necha yillar oldin “Neftchi” safida kashf etilgan Avazbek O'lmasaliev Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida o'zi istaganidek barqaror o'ynab keta olmadi.

Natijada iqtidorli futbolchi bu yil poytaxtning boshqa bir klubi “Bunyodkor”ga ko'chib o'tdi. “Qaldirg'ochlar” safida malum muddat zaxirada o'z vaqti kelishini kutib o'tirgan O'lmasaliev nihoyat yangi klubida ham o'zini ko'rsata boshladi. Ortda qolgan Superliganing 7-turida “Bunyodkor” o'z maydonida “Nasaf”ni qabul qilib, 2:0 hisobida mag'lub etdi. Mazkur uchrashuvda faollik ko'rsatgan Avazbek O'lmasaliev chamiponat.asia saytining talqiniga ko'ra, ramziy terma jamoadan o'rin oldi. SHu munosabat bilan O'lmasalievdan intervyu oldik. 

- Avazbek, jamoangiz Kubok bahsida “Nasaf” bilan safarda durang qayd etggandi. CHempionat o'yinida esa g'alaba qozondi. Bunga qanday erishdi?

- “Nasaf”ga qarshi safarda o'tkazgan o'yinimizda tezkor gol o'tkazib yuborgandik. Qarshidagi bahsda o'z o'yinimizni ko'rsatish qiyin bo'ldi. Biroz o'tib hammasiga iziga tushdi va javob to'pini kiritib, yakunda durang qayd etgandik. Mazkur uchrashuvni qayta ko'rib chiqib, tahlil qildik, xato va kamchiliklarimiz ustida ishladik.  Mana ko'rib turganingizdek, natijasi biz uchun ijobiy bo'ldi. Demak raqibni puxta o'rganibmiz. 

- “Bunyodkor” tarkibida avvaliga zaxirada qolib ketayotgan edingiz. Bu jamoaga ko'nikish jarayoni ortda qoldimi?

- Jamoaga qo'shilgan paytlarim jaroxat sabab o'zimni to'liq ko'rsata olmayotgandim. Vaqt o'tgan sari hammasi men uchun yaxshi bo'lib bormoqda. Asosiy tarkibga munosib ekanligimni isbotlay oldim va murabbiylar ishonch bildirishni boshladi. Jamoaga kirishib ketishimda ortiqcha muammoga duch kelmadim. CHunki bu erdagilar bilan avvaldan yaxshi munosabatda edim. 

- Jaroxatlar ortda qolgan bo'lsa, hozir sport formangiz qay darajada?

- Alo darajada!

- Ramziy terma jamoaga kirishingizni kutganmidingiz?

- Yo'q, bunday bo'lishini xayolimga ham keltirmaganman. Bilasizmi, meni ramziy terma jamoalarga tushishdan ko'ra ko'proq terma jamoadan chaqiruv olish qiziqtiradi. Asosiy maqsadim ham shu. 

- Mavsum starti arafasida “Bunyodkor” oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgandi. Ammo jamoa barqarorlikka erisha olmayapti. Bu nima bilan bog'liq deb hisoblaysiz?

- Ha, to'g'ri maqsadimiz bu yil oltin medallarga ega chiqish. Klub rahbariyati tomonidan qo'yilgan vazifani bajarish uchun astoydil ishlayapmiz. Barqarorlikni ushlab olish uchun tinimsiz mexnat qilinmoqda. Ishonamanki o'z o'yin uslubimizni to'liq shakllantirib olsak, “Bunyodkor” chempionatda istalgan jamoani mag'lub etib, chempionlikka erisha oladi. Buning uchun vaqt kerak. 

- “Qaldirg'ochlar” safiga ko'chib o'tishingiz qanday amalga oshdi?

- Hammasi oddiy tarzda kechdi. “Bunyodkor” taklif bilan chiqdi va buni xursandchilik bilan qabul qildim. “Lokomotiv” rahbariyati qarorimni qo'llab-quvvatladi va jamoamni o'zgartirishimga ortiqcha qarshilik ko'rsatmadi. 

- Erkin agent sifatida ko'chib o'tdingizmi?

- Yo'q, “Lokomotiv” bilan amaldagi shartnomam borligi sababli “Bunyodkor”ga ijara asosida o'tdim. SHu yilning yakunida “temiryo'lchilar” bilan tuzgan bitimim ham o'z kuchini yo'qotadi va men erkin agentga aylanaman.  

- Jamoangizni almashtirishingizda Vadim Abramovning qanchalik hissasi bor?

- Vadim Karlenovich bilan ilgari “Neftchi”da birga ishlaganmiz. O'sha yillari bu murabbiy mening imkoniyatlarimni juda yuqori baholagan va qo'rqmasdan ishonch bildirgan. Abramovning yuksak etibori tufayli o'sishga erishganman, deya olaman. Menga hamisha to'g'ri yo'nalish ko'rsatib keladi. SHu bois, bu murabbiy bilan bazida maslahatlashib turaman. “Bunyodkor”ga o'tishimdan oldin ham Vadim Karlenovichning maslahatlariga quloq tutganman. 

- “Lokomotiv”dagi faoliyatingiz haqida nima deysiz? U erdan qanday xotiralar bilan ketdingiz?

- “Temiryo'lchilar”ga hammasi uchun rahmat aytib qolaman.Nima deyishim mumkin, klubni iliq xotiralar bilan eslayman doim. Esda qolarli jihatlari ko'p bo'ldi. Salbiy tomoni jamoada bosh murabbiy tez-tez o'zgarib turganidir. Bu mening zararimga ishladi. CHunki yangi murabbiylar ish boshlagan paytlari menga avvaliga ishonmadi. Keyin vaqt o'tgach o'zimni ko'rsatib, asosiy tarkibda o'ynashga munosib ekanligimni isbotalay oldim. SHundan so'ng boshlang'ich tarkibda o'ynay boshladim. Bunga nima sabab bo'lgani esa menga qorong'u. 

- Sizni bazida markaziy himoyachi sifatida ko'rsak, ayrim uchrashuvlarda markaziy yarim himoyada xarakat qilyapsiz. O'zingiz uchun ko'proq qaysi poziciyada o'ynash qulayroq?

- Avvaliga yarim himoyada o'ynab kelayotgandim. Lekin bazida murabbiylar vaziyatdan kelib chiqib meni himoyada ham o'ynatishmoqda. Aslida professional futbolchi uchun maydonning qaysi nuqtasida xarakat qilishi muhim bo'lmasligi kerak. Asosiysi mazmunli o'yinim bilan jamoamga foyda keltirish. O'zimga qolsa yarim himoyada o'ynash qulayroq. 

- “Bunyodkor” chempionatning keyingi turida  AGMK maydoniga safar uyushtiradi. Bo'lajak uchrashuv jamoaning chempionlikka bo'lgan imkoniyatini ko'rsatib berishi mumkin. Fikrimizga qo'shilasizmi?

- Ha to'g'ri, bo'lajak uchrashuv ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi. Buni hozir barchamiz yaxshi tushunib turibmiz. Safardan ijobiy natija bilan qaytish uchun bor kuchni ishga solamiz.  

- Bundan bir necha yillar oldin “Neftchi” klubida kashfiyotga aylangansiz. Sobiq jamoangizning PRO-Ligadagi ishtirokini kuzatib borsangiz kerak?

- Albatta, “Neftchi” men uchun qadrdon jamoa bo'lib qolgan. Uning faoliyatiga etiborsiz qarab bo'lmaydi. Qolaversa, bu klubda hozir akam SHerzod Hakimov faoliyat olib bormoqda. “Neftchi” bu yil Superligaga qaytish uchun astoydil kurashmoqda. Bu borada ularga muvaffaqiyat tilayman. 

- Maboda kelasi yil “Neftchi”dan jiddiy taklif tushsa,  Farg'onaga qaytishingiz ham mumkinmi?

- Maqsadim “Bunyodkor”da o'ynab yanada o'sishga erishgan xolda, xorij klublariga o'tishdir. 

- SHaxsiy agentingiz bormi?

- Ha, bor. 

- O'z poziciyangiz bo'yicha O'zbekistonning eng yaxshi o'yinchisi kim?

- Markaziy himoyachilardan menga ko'proq Islom To'xtaxo'jaev bilan Anzur Ismoilovning o'yinlari yoqadi. Markaziy yarim himoyachilardan esa Sardor Mirzaev bilan Abror Ismoilovni ko'rsatgan bo'lardim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика