So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Avazbek O'lmasaliev: "Ikkita golimni, ikki kishiga bag'ishladim" Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev: "Ikkita golimni, ikki kishiga bag'ishladim"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 25-turida "Surxon"ni o'z maydonida qabul qildi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda Avazbek O'lmasalievning dubli, Xurshid G'iyosovning penaltidan urgan goli  "Bunyodkor"ga g'alaba keltirdi. Maydon egalarining uchta goliga,  "Surxon"dan Murod Bobojonov bitta to'p bilan javob qaytardi. Mazkur bahsdan so'ng dubl muallifiga aylangan Avazbek O'lmasalievning fikrlari bilan qiziqdik. 

- O'yin haqida...

- Maydonda nimalar bo'lganini hamma ko'rdi. Oson o'yin bo'lmasligini bilardik."Surxon"ning o'yini mavsum boshiga qaraganda yaxshi tomonga o'zgargan. Superligada qolish uchun borlarini berishlari aniq edi. 

-" Bunyodkor" ayni paytda tarixdagi eng yomon natijasini qayd etmaslik, yani 4 o'rin kurashmoqda. "Surxon" esa Superligada qolish uchun. O'yinning muximliligi yana nimada edi?

- Ikki jamoaga ham g'alaba kerak edi, deya olaman. Aytganimdek, raqib elitada qolish uchun astoydil harakat qilmoqda. 

- Ushbu  bahsda dubl qayd etdingiz va Superligada gol urgan himoyachilar qatoriga qo'shildingiz. Golni kimga bag'ishladingiz?

- Ikkita golni ikki kishiga bag'ishladim, desam mubolag'a bo'lmaydi. Jamoadoshimiz Abdulla Abdullaev yaqinda qiz farzandli bo'ldi. Birinchi navbatda ota-onamga bag'ishladim. Ikkinchisini Abdulla Abdullaevga.

- Oldinda jamoani "Paxtakor" ga qarshi ketma-ket ikkita juda qiyin o'yin kutib turibdi. Hozirdanoq "Paxtakor" ni favoritga chiqarib qo'yishayotganiga munosabatingiz qanday? "Bunyodkor" maydonda buni aksini isbotlay oladimi?

- Avvalambor hammasi xudodan. Nasib qilsa g'alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz. O'zbekiston kubogida g'olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Hamma narsa maydonda hal bo'ladi.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика