So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Avazbek O'lmasaliev: "Bunyodkor"ga rahmat. CSKA qiziqish bildirdi. Lekin..." Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev: "Bunyodkor"ga rahmat. CSKA qiziqish bildirdi. Lekin..."

OKMK jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibga Avazbek O'lmasalievni qo'shib oldi.

So'nggi 3 mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazgan futbolchi yangi mavsumda Olmaliqda to'p tepadi. Orada turli manbalar unga CSKA tomonidan qiziqish borligini ham elon qildi. Bu qanchalik haqiqat edi? Nima uchun OKMKni tanladi? SHu va boshqa savollarga Avazbek O'lmasalievdan fikr oldik.

- "Bunyodkor"ga kelganingizda yosh futbolchi edingiz. Asosiy tarkib futbolchisidan jamoa sardori darajasigacha ko'tarildingiz...


- "Bunyodkor" jamoasiga katta rahmat aytaman. Klub bilan turli davrlarni boshdan kechirdik. Bir nechta murabbiylar bilan ishladik. G'alabali onlar ham, mag'lubiyatli paytlar ham bo'ldi. Bu jamoa bir umr qalbimda qolaman. Nasib qilsa, yana shu jamoada o'ynayman.

- CSKA jamoasi qiziqish bildirgani rostmi? Bu haqidagi xabarni birinchi bo'lib kimdan eshitdingiz?


- Ha, CSKA jamoasidan qiziqish bo'ldi. Lekin aniq taklif bilan chiqishgani yo'q. Agentlar bu haqida malum qilishdi. Yana turlicha variantlar berishdi. O'xshamadi shekilli jim bo'lib qolishdi.




- OKMKga o'tish qanday sodir bo'ldi?


- Mirjalol Qosimov taklif bilan chiqdilar. Agar legionerga aylanmasam, OKMKga o'taman degan edim. Uydagilar bilan maslaxatlashgan holda shu qarorga keldim.

- Universal futbolchi hisoblanasiz. OKMKda sizdan qaysi poziciyada foydalanishmoqda?


- Qaysi poziciyada foydam tegsa, murabbiy qaerda o'ynatsa, o'sha joyda harakat qilaman.

- OKMKda qaysi raqamda to'p tepasiz?


- Har bir futbolchining yaxshi ko'rgan raqami bo'ladi. Yangi mavsumda 6-raqamda o'ynayman.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика