So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  11 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

Avaz Berdiqulov: "U-23 Osiyo chempionatida O'zbekistondan yaxshi natija kutyapman" Yangiliklar

Avaz Berdiqulov: "U-23 Osiyo chempionatida O'zbekistondan yaxshi natija kutyapman"

Osiyo Futbol Konfederaciyasida faoliyat yuritayotgan o'zbekistonlik mutaxassis Avaz Berdiqulovni ko'pchilik futbol muxlislari yaxshi tanishadi.

Avaz Berdiqulovning mutaxassisligi aslida jurnalist. U 1999 yil Angliyaning Bornmut shahri Universitetida Jurnalistika bo'yicha magistraturani tamomlagan. O'qishni tamomlaganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Jahon Axborot agentligida faoliyat yuritgan.

2004-2008 yillar oralig'ida Xitoyning Pekin shahrida SHanxay Hamkorlik tashkilotida O'zbekistonning vakili sifatida ishlagan. 2008 yil Xitoydagi shartnomasi yakuniga etganidan so'ng yozda Osiyo Futbol Konfederaciyasiga ishga taklif qilishgan. Avaz Berdiqulov shu yili OFKning Musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish Departamentida ish boshlgan.

O'tgan 9 yildan oshiqroq vaqt davomida u OFKning Musobaqalar tashkil qilish va o'tkazish Departamenti Terma jamoalar boshqarmasi boshlig'i lavozimigacha ko'tarildi. Ayni paytda ana shu lavozimda faoliyat yuritmoqda.

Avaz Berdiqulov O'zbekiston Olimpiya terma jamoasining ayni paytda Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Terma jamoamiz kuchli, Qatar bilan o'yinda ham vakillarimiz to'la ustunlikka ega bo'lishgandi. SHuning uchun bu terma jamoa azolaridan yaxshi natija kutyapman. Terma jamoamiz tarkibida bir qator tajribali futbolchilar, jumladan, Osiyo chempionlari bor. Tarkibdagi aksariyat futbolchilar uchun bu birinchi xalqaro musobaqa emas. Ayni paytda Olimpiya terma jamoamizni boshqarayotgan murabbiyimiz Ravshan Haydarov ham katta musobaqalarda ishlagan, Osiyo chempionati ishtirok etish tajribasi bor.

Bu futbol, oxirgi o'yinda har qanaqa natija ro'y berishi mumkin, shuning uchun hozir taxmin qilish befoyda. Umid qilamizki, shu tarkib 2020 yil Tokida bo'lib o'tadigan Olimpiadaga hamda 2022 yil Qatarda bo'ladigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi”, - deydi Avaz Berdiqulov.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика