So’nggi yangiliklar

17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  12 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1

Avaz Berdiqulov: "OFK O'FAdan minnatdor" Yangiliklar

Avaz Berdiqulov: "OFK O'FAdan minnatdor"

Xabaringiz bor, 9 iyul kuni Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichiga qura tashlandi.

Ushbu marosimdan keyin OFK musobaqalar o'tkazish bo'limi rahbari, o'zbekistonlik Avaz Berdiqulov qisqa intervyu berdi.

- Nima uchun U-23 Osiyo chempionati mezboni sifatida aynan O'zbekiston tanlandi?

- Bilasiz, 2022 yilgi mazkur musobaqa Olimpiadaga chiqish musobaqasi emas. OFK ushbu turnirni 2023 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik sifatida ko'rgan va Xitoyga mezbonlik berilgandi. Ammo koronavirus aynan Xitoydan chiqqanligi, u erdagi pandemik vaziyat tufayli U-23 Osiyo chempionatini boshqa davlatga ko'chirishga qaror qildik. Mezbonlik bo'yicha boshqa mamlakatlarga murojaat qildik. Ular orasida O'zbekiston futbol Associaciyasi tezda javob qaytardi va musobaqani o'tkazishga tayyorligini bildirdi, qisqa muddatda bu borada kelishuvga erishdik. Buning uchun O'FAga minnatdorchilik bildiramiz.

- Keyingi yilgi musobaqa qaysi stadionlarda o'tadi?

- Musobaqani uchta stadionda o'tkazishimiz kerak. Bilasiz, Osiyo chempionati final bosqichida 16ta jamoa qatnashadi. O'FA tomonidan ikkita stadion Toshkentda, bittasi Namanganda bo'ladi deb taklif berishgan. Hozircha takliflarni o'rganish bilan bandmiz. Balki uchala stadion ham Toshkentda bo'lar, yoki o'yinlar boshqa viloyatlarda ham o'tishi mumkin. Barchasi O'FAning taklifiga bog'liq.

- Qura haqida nima deya olasiz?

- O'zbekiston Osiyo chempionatida qatnashmasligi kerak edi. Sababi mezbon sifatida to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgan. Lekin O'FA bilan kelishgan holda O'zbekiston U-23 terma jamoasini ham saralashga qo'shdik va uning natijalari hisobga olinmaydi. O'sha guruhdagi uchta jamoaning natijalari inobatga olinadi xolos. O'zbekiston uchta o'yinni o'rtoqlik maqomida o'tkazadi. Guruhda Saudiya Arabistoni va Kuvayt kabi kuchli termalarga qarshi bahslar O'zbekistonga ham ancha foydali bo'ladi deb o'ylayman.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика