Aukcionda 50 million so'mga sotilgan do'ppi Timur Kapadzega topshirildi. Barcha pullar bemorning oilasiga xayriya sifatida berildi
23 may 14:14
Yangiliklar
Aukcionda 50 million so'mga sotilgan do'ppi Timur Kapadzega topshirildi. Barcha pullar bemorning oilasiga xayriya sifatida berildi
Xabaringiz bor, U-23 Osiyo kubogida Husayn Norchaev va Jahongir Fayzullaev birgalikda mashhur qilgan do'ppini aukcionga qo'ygandik.
4 kun davom etgan savdolardan keyin boshlang'ich narxi 1 million so'm bo'lgan do'ppiga eng baland narxni Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi murabbiylar shtabi va futbolchilari taklif etishgandi - 50 million so'm!
Terma jamoa azolari kelishgan holda bu do'ppini O'FA muzeyiga topshirishga qaror qilishdi.
Bugun, 23 may kuni Timur Kapadzening shaxsan o'zi 50 million so'mni onkologik kasallik bilan og'rigan bolalarning oilasiga xayriya sifatida topshirdi. VIDEONI TOMOSHA QILISH
Bundan tashqari telegram kanalimiz o'quvchilari tomonidan 4 million so'mga yaqin yig'ilgan pullar ham shu kasalxonaga dori-darmon olish uchun xayriya qilindi.
Fikrlar