AUF prezidenti: "Suares tayyor bo'lmasa Venesuela bilan o'ynamaydi"
08 iyu 2016 14:16
Yangiliklar


AUF prezidenti: "Suares tayyor bo'lmasa Venesuela bilan o'ynamaydi"
Urugvay futbol associaciyasi (AUF) prezidenti Vilmar Valdesning so'zlariga ko'ra, Luis Suares tayyor bo'lmasa Venesuelaga qarshi Amerika Kubogi bahsida maydonga tushmaydi.
Suares jarohat tufayli Meksikaga qarshi bahsni (1:3) o'tkazib yuborgan edi.
"Barselona" Urugvay terma jamoasi shifokorlariga ishonch bildirgan va bu ishonchni yo'qotmaslik kerak. SHifokorlarimiz klub bilan bog'lanib turishadi. Agar Suares tayyor bo'lmasa, Venesuelaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi" - deydi Valdes.
O’xshash yangiliklar
10:33
MYU afsonasi professional MMAda debyut qiladi. U ilk raqibi sifatida Barselona afsonasini ko'rmoqda 15

Fikrlar