So’nggi yangiliklar

22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  7 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0

Audi Cup. Bugun Myunxenda Evropaning top-klublari to'qnash keladi Yangiliklar

Audi Cup. Bugun Myunxenda Evropaning top-klublari to'qnash keladi

Bugun, 1 avgust kuni har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan Audi Cup musobaqasiga start beriladi.

Har yili yangi mavsum oldidan tashkil qilinadigan turnirga "Bavariya" mezbonlik qiladi va unda nemis grandidan tashqari Evropaning yana 3 ta jamoasi ishtirok etadi.

Bu safar ushbu musobaqaga Angliyadan "Liverpul", Ispaniyadan "Atletiko" va Italiyadan "Napoli" taklif qilingan. Audi Cup ikki bosqichdan iborat (yarim final, final).

Bugun turnirning yarim final bahslari bo'lib o'tadi.

1 avgust

20:45. "Atletiko" - "Napoli" ("Alyans Arena")

23:30. "Bavariya" - "Liverpul" ("Alyans Arena")

Ushbu uchrashuvlardan so'ng, finalda va musobaqaning 3-o'rni uchun bo'ladigan bahsda ishtirok etadigan jamoalar nomi malum bo'ladi.

2 avgust

20:45. 3-o'rin uchun bahs

23:30. Final


Jamoalar bir necha kun avval Myunxenga etib kelishgan



Kecha to'rt jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi

Matbuot-anjumanida qiziqarli voqea yuz berdi. So'z navbati "Atletiko" ustozi Diego Simeonega kelganida, uning mikrafoni ishlamay qoldi. "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp joyidan turib, tezda ushbu muammoni bartaraf etdi va o'zining injenerlik mahoratini ko'rsatdi.




Karlo Anchelotti ("Bavariya"): "Bu kuchli jamoalar o'ynaydigan yuqori saviyali turnir. Ushbu bahslar rasmiy o'yinlardan oldingi katta imtihon".



Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Bavariya"ga qarshi bahs biz uchun o'zgacha chaqiruv. "Bavariya"ga qarshi bahsda qanday ishlashimizni ko'rish muhim. Karlo qanday tarkibni maydonga tushirishidan qatiy nazar, bizga top-darajadagi jamoa qarshilik qiladi".



Diego Simeone ("Atletiko"): "Avvaliga nimaga qodirligimizni bilib olishimiz kerak, keyin ko'ramiz".



Mauricio Sarri ("Napoli"): Turnir bizga foyda keltirishi mumkin. Bu erda top-jamoalarga qarshi o'ynaymiz".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика