"Atletiko"ning ikki asosiy tarkib o'yinchisi koronavirusga chalindi
30 jan 2021 16:04
Yangiliklar


"Atletiko"ning ikki asosiy tarkib o'yinchisi koronavirusga chalindi
"Atletiko" himoyachisi Mario Ermoso va yarim himoyachi Yannik-Ferreyra Karrasko COVID-19'ga chalindi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oldinroq xabar berilganidek, Mario Ermoso va Yannik-Ferreyra Karrasko "Atletiko"ning bugungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi.
Jamoaning qolgan azolari Mario va Yannikning noaniq testlaridan so'ng niqoblarda mashq qilishdi.
Eslatib o'tamiz, La Liganing ayni damdagi peshqadami o'zining Ispaniya chempionatidagi navbatdagi o'yinini ertaga mehmonda "Kadis"ga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar