"Atletiko"ning bosh transfer maqsadi - "Arsenal" futbolchisi
11 mar 2020 13:23
Yangiliklar


"Atletiko"ning bosh transfer maqsadi - "Arsenal" futbolchisi
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett Madrid klubiga kerak.
Madrid klubi "to'pchilar" forvardiga yozgi transferlar oynasidagi bosh maqsad sifatida qaramoqda.
"Matraschilar" hujum chizig'ini kuchaytirishni o'ylashmoqda va Lyakazettni xarid qilishmoqchi.
28 yoshli franciyalik futbolchi joriy mavsum "Arsenal" libosida APLda 20ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Franciya terma jamoasi futbolchisi "Arsenal"ga 2017 yilda "Lion"dan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar