“Atletiko”dan Xitoyga ko'chib o'tgan Nikolas Gaytan o'yin vaqtida hushidan ketdi (Video)
17 mar 2018 09:50
Yangiliklar


“Atletiko”dan Xitoyga ko'chib o'tgan Nikolas Gaytan o'yin vaqtida hushidan ketdi (Video)
“Dalyan Ifan”ning argentinalik yarim himoyachisi Nikolas Gaytan Xitoy chempionatida “Beyczin Goan”ga qarshi o'yin vaqtida (0:3) hushidan ketdi.
Gaytanga birinchilardan bo'lib, jamoadosh Yannik Ferreyra-Karrasko yordamga keldi, u maydonga shifokorlar chiqqunicha Gaytanga suniy nafas berdi.
Karrasko 2018 yilning qishki transferlari vaqtida Gaytan bilan “Atletiko”dan “Dalyan”ga yo'l olgan edi. 30 yoshli futbolchi hozirda shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Gaytan va Karrasko bilan “Dalyan Ifan” oxirgi uch o'yinda umumiy 0:13 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qildi.
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar

Fikrlar