"Atletiko"da Grizmann o'rniga boshqa nomzod paydo bo'ldi

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2021, 21:56
Madrid klubi "Barselona" futbolchisini sotib olmagan taqdirda, uning o'rniga La Ligada o'ynaydigan boshqa hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Madridning "Atletiko" klubi "Valensiya" hujumchisi Maksi Gomesga qiziqish bildirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, Ispaniya chempionlari urugvaylik futbolchini hozirda Kataloniya klubi bilan muzokaralar olib borayotgan "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmannga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.

Fransiyalik hujumchini qaytarish ushbu transfer oynasida Madrid klubining asosiy maqsadi hisoblanadi, ammo transfer muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, "matraschilar" "Valensiya" futbolchisini sotib olishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Gomes 2019 yildan beri "Valensiya" futbolchisi hisoblanadi. U o'tgan mavsumda La Liganing 31 uchrashuvida maydonga tushib, 7 gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS