"Atletiko" Jekson Martines uchun kurashga qo'shilmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2015, 08:15
Mario Manjukichning "Yuventus"ga o'tishi munosabati bilan, "Atletiko" jamoaga hujumchi taklif qilmoqchi.

Ispan nashrlarining xabariga ko'ra, poytaxt klubi "Portu" hujumchisi Jekson Martinesga qiziqish bildirmoqda.

Ayni damda futbolchi Chilida o'tayotgan Amerika Kubogida Kolumbiya terma jamoasi sharafini himoya qilyapti va hozircha yakuniy qaror qabul qilgani yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com