"Atletiko" xavbeki Partining uyiga o'g'ri tushdi. Bugun u "Lokomotiv"ga qarshi bahsda o'ynashi kerak
01 okt 2019 12:22
Yangiliklar


"Atletiko" xavbeki Partining uyiga o'g'ri tushdi. Bugun u "Lokomotiv"ga qarshi bahsda o'ynashi kerak
"Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Partining uyi nomalum kimsalar tomonidan talon-taroj qilindi.
Voqea Madrid yaqinida joylashgan Boadile-del-Monte shaharchasida ro'y berdi.
Ganalik futbolchi bu vaqtda CHL doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ishtirok etish uchun Moskvaga etib kelgan edi.
O'g'rilik paytida xona xizmatchisi uyda bo'lgan.
Unga hech qanday ozor etkazilmagan, faqatgina xizmatchini qo'rqitib, pullar va qimmatli narsalarni o'marishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar