"Atletiko" Vlaxovich uchun 50 million evro taklif qildi
13 avg 2021 10:38
Yangiliklar
"Atletiko" Vlaxovich uchun 50 million evro taklif qildi
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, klubga "Atletiko" rasmiy taklif bermoqchi. Madrid jamoasi "Fiorentina"ga 50 million evro to'lashga tayyor.
Qayd etish kerakki, Vlaxovichning kelajagi yaqin kunlarda hal bo'lishi mumkin.
Serbiyalik futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urishga erishdi.
Fikrlar