"Atletiko" va MYU 30 iyulda Osloda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
26 may 2022 14:48
Yangiliklar


"Atletiko" va MYU 30 iyulda Osloda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
"Atletiko" yozda "Manchester Yunayted" bilan o'ynaydi.
Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Bahs 30 iyulda Oslodagi "Ullevol" stadionida o'tkaziladi.
"Atletiko" 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga ko'ra La Ligada 71 ochko jamg'argan holda 3-o'rinni egalladi. "Manchester Yunayted" esa APLda 58 ochko bilan oltinchi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Madrid klubi MYUni o'tgan mavsum ECHLda nimchorak finalda mag'lub etgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar