"Atletiko" va "Liverpul" katta almashuvni amalga oshirishlari mumkin
04 avg 2020 16:40
Yangiliklar
"Atletiko" va "Liverpul" katta almashuvni amalga oshirishlari mumkin
"Qizillar"ga Parti, "matraschilar"ga Oksleyd-CHemberleyn kerak.
"Liverpul" va "Atletiko" xavbeklarning almashinuvini muhokama qilishmoqda. Inglizlarga Tomas Parti, ispanlarga esa Aleks Oksleyd-CHemberleyn kerak.
Xabarlarga ko'ra, "Liverpul" o'z o'yinchisini 50 million evroga baholamoqda. Aynan shuncha mablag' Partining tovon pulida ham ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, ganalik futbolchiga shuningdek Londonning "Arsenal" klubi ham jiddiy qiziqmoqda.
Fikrlar