So’nggi yangiliklar

11:40Пул йўқ: энди нима бўлади?  3 11:24"Трактор" хорватиялик мураббийи билан хайрлашди  1 10:49Уэйн Руни МЮга қайтишга тайёр  4 10:20Жанубий кореялик футболчига Лондон грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:51АПЛ грандлари Клоппга расмий таклиф билан чиқишган  0 09:22ФИФА хавотирда  13 08:53Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди  26 08:24"Реал" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 08:20Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" 1:2  2 08:10Ла Лига. "Жирона" - "Барселона" 2:1  7 07:55Sofascore. "Насаф"нинг кечаги учрашувдаги энг яхши ўйинчиси ким бўлди?  2 07:27Рўзиқул Бердиев кечаги учрашувдаги ғалабадан сўнг нималар деди?  9 03:05"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув  174 02:22Элит ОЧЛ. Саудияда голлар шоуси, Нуньеснинг бенефиси ва Ироқда супер камбэк  2 01:46Англия Кубоги. 1/8 финал жуфтликлари маълум бўлди  4

"Atletiko" va "Barselona" Amrabat uchun kurashadi Yangiliklar

"Atletiko" va "Barselona" Amrabat uchun kurashadi

Madrid klubi "Fiorentina" futbolchisi Sofyan Amrabatni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Marokash terma jamoasi azosi yanvar oyidagi transferlar oynasida ko'plab klublarning bosh maqsadiga aylangan edi. Buni yarim himoyachining akasi ham tasdiqladi. 26 yoshli futbolchi ayni paytda eng ko'p etiborni o'ziga tortib kelayotgan o'yinchilardan biri bo'lib qolmoqda.

Amrabatni o'z takrkibiga qo'shib olishni niyat qilganlar orasida La Ligada "Barselona"dan tashqari "Atletiko" Madrid ham paydo bo'ldi. Klub afrikalik futbolchini "Vanda Metropolitano"ga keltirish uchun jiddiy urinishni amalga oshiradi. Amrabatning o'zi Ispaniya chempionatiga yo'l olishni istaydi. "Atletiko" u qadrlaydigan klublar qatorida. U yaqinda poytaxt klubi bosh murabbiyi Diego Simeoneni maqtadi va bu uning "Atletiko"ga o'tishi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.

"Atletiko" Madridning Amrabatga bo'lgan qiziqishi jamoada Aksel Vitselning kelajagi noaniq bo'lgan bir paytda yuzaga keldi. Italiya klubi yulduzi belgiyalik yarim himoyachining o'rnini to'ldirishi mumkin. Vitselning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida nihoyasiga etadi. Uning otasi futbolchi klubni tark etishiga ishora qildi.

"Atletiko" Sofyan Amrabat uchun "Barselona" va "Liverpul" bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi. A Seriya vakili futbolchisini arzonga qo'yib yubormasligi tayin. Kataloniya klubi moliyaviy qiyinchiliklar sharoitida marokashlik o'yinchini xarid qilishga qurbi etmasligi mumkin. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика