"Atletiko" – "Real". Vilyaning maydonga tushishi tibbiy ko'rik natijalariga bog'liq
10 fev 2014 12:57
Yangiliklar


"Atletiko" – "Real". Vilyaning maydonga tushishi tibbiy ko'rik natijalariga bog'liq
“Atletiko” hujumchisi David Vilyaning Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvlari doirasida bo'lib o'tadigan “Real”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Bugun 32 yoshli hujumchi tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va mazkur ko'rik natijalari futbolchining o'yinda qatnashishini yoki qatnashmasligini aniqlab beradi.
Eslatib o'tamiz, Vilya “Real Sosedad”ga qarshi o'yinda (4:0) jarohat olgan edi.
Takidlab o'tamiz, sariq kartochkalari ko'payib ketgani tufayli “Atletiko”ning yana bir hujumchisi Diego Kosta ham ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Fikrlar