"Atletiko" qishda Ispaniya terma jamoasi forvardini sotib olmoqchi
05 okt 2019 10:40
Yangiliklar
"Atletiko" qishda Ispaniya terma jamoasi forvardini sotib olmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi qishda "Valensiya" hujumchisi Rodrigo variantiga qaytadi.
Madrid klubi yozda futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo klub "Valensiya" rahbariyati bilan kelisha olmadi.
Endilikda "matraschilar" yanvarda futbolchini jamoaga olib kelishmoqchi.
Futbolchi joriy mavsum "ko'rshapalaklar" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assistga erishdi.
Rodrigo "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Valensiya"ga 2015 yil yozda "Benfika"dan o'tgan edi.
Rodrigo Moreno 2014 yildan beri Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar