"Atletiko" prezidenti Ronalduning gaplariga javob qaytardi
21 fev 2019 18:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/478837_original.jpg)
![](/upload/storage/478837_220.jpg)
"Atletiko" prezidenti Ronalduning gaplariga javob qaytardi
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso CHempionlar ligasi 1/8 final ilk o'yinidan so'ng Krishtianu Ronalduning so'zlariga javob qaytardi.
Bahs 2:0 hisobida "matraschilar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Portugaliyalik futbolchi bahsdan so'ng u 5 marta CHempionlar ligasida g'olib bo'lgani, "Atletiko" esa hech qachon bu turnirda g'olib bo'lmaganini aytdi.
"Krishtianu CHempionlar ligasida 5 marta chempion bo'lmagan. Bunaqasi uch marta sodir bo'lgan. Bizga qarshi ikkita finalda u g'alaba qozonmagan" - deydi Sereso.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Real" safida 4 marta, "Manchester Yunayted" bilan 1 marta CHempionlar ligasi g'olibiga aylangan. Krishtianu ikki marta finalda "Atletiko"ga qarshi o'ynab, zafar quchgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar