"Atletiko" Partining o'rnini franciyalik futbolchi bilan to'ldirmoqchi
09 okt 2020 20:54
Yangiliklar


"Atletiko" Partining o'rnini franciyalik futbolchi bilan to'ldirmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi transfer oynasining so'nggi kunida "Arsenal"ga o'tib ketgan Tomas Partining o'rnini to'ldirish uchun tayanch yarim himoyachisi xarid qiladi.
"Matraschilar" bir oy ichida La Ligadan qaysidir o'yinchini xarid qilishlari mumkin. CHunki "Arsenal" tovon pulini to'lagani uchun Parti bilan amaldagi shartnoma bir tomonlama bekor qilingan edi.
"Atletiko" short-listida "Valensiya" yarim himoyachisi Joffre Kondogbia ham bor. Maydon markazi aynan 27 yoshli franciyalik futbolchi bilan kuchaytirilishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Kondogbia La Liganing joriy mavsumida 5 ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar