"Atletiko" Oblakni sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2018, 13:09
"Atletiko" yozda darvozabon Yan Oblak bilan xayrlashmoqchi.

Sloveniyalikning shartnomasidagi tovon puli 100 mln. evro, ammo Madrid klubidagilar talabni pasaytirishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Atletiko" Oblakni arzonroqqa sotishga rozi bo'ladi, chunki "matraschilar" rahbariyati 25 yoshli darvozabon bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olishmayapti.

Oblakning "Atletiko" bilan kelishuvi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. So'nggi mavsum posbon LaLiganing 37ta uchrashuvida 22ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent