"Atletiko" "Manchester Siti" bilan futbolchi almashtirmoqchi
19 may 2019 17:49
Yangiliklar
"Atletiko" "Manchester Siti" bilan futbolchi almashtirmoqchi
"Manchester Siti" "Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo Ernandesning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Angliya klubi 22 yoshli futbolchi uchun 70 million evro to'lashga tayyor. Madridliklar esa narxni pasaytirish evaziga Gabriel Jezusni so'rashmoqda. U jamoada Antuan Grizmanning o'rnini bosadi.
Jezus ushbu mavsumda "Siti" tarkibida 47 o'yinda qatnashdi va 21 gol urib, 6 golga assistentlik qildi.
Fikrlar