“Atletiko” “Lion” forvardini ijaraga oladi
09 jan 2021 20:48
Yangiliklar


“Atletiko” “Lion” forvardini ijaraga oladi
“SHerlar” hujumchisi Muso Dembele faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.
Jurnalist Moxamed Buxafsining yozishicha, “Atletiko” Dembeleni ijaraga olmoqchi va bu borada futbolchi bilan kelishuvga erishgan.
24 yoshli francuz joriy mavsum “Lion” tarkibida 16 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Uning hozirgi jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida tugaydi. Forvardning transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar