"Atletiko" Klopp boshchiligidagi "Liverpul"ning 32ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi
19 fev 2020 10:20
Yangiliklar
"Atletiko" Klopp boshchiligidagi "Liverpul"ning 32ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi
"Liverpul" CHempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi "Atletiko"ga qarshi ilk o'yinda mag'lubiyatga uchradi.
Mersisaydliklarning barcha musobaqalardagi 14 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi (13 g'alaba, 1 durang)ga chek qo'yildi.
Bundan tashqari "Liverpul"ning asosiy jamoasi Madridga kelguniga qadar 32ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi.
"Qizillar"ning yoshlar jamoasi 17 dekabr kuni Angliya Liga Kubogi doirasida "Aston Villa"da 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchrashgan edi. O'shanda Klopp va uning asosiy jamoasi klublar o'rtasidagi JCHga yo'l olgan edi.
Klopp boshchiligidagi "Liverpul" so'nggi bor sentyabrda CHL guruh bosqich doirasida "Napoli" (0:2)ga imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o'tamiz, Klopp boshchiligidagi ECHLning amaldagi g'oliblari kecha "Atletiko" darvozasi tomon aniq zarba ham bera olishmadi.
Fikrlar