"Atletiko" Jerar Moreno bilan shartnoma imzolash variantini o'rganmoqda
06 apr 2021 18:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629420_original.jpg)
![](/upload/storage/629420_220.jpg)
"Atletiko" Jerar Moreno bilan shartnoma imzolash variantini o'rganmoqda
Diego Simeone o'tgan uik-endda "Granada" darvozasiga 3ta to'p kiritgan futbolchi bilan ehtimoliy shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha klub sport direktori Andrea Bertega ko'rsatma berdi. "El CHolo" uni Luis Suares bilan juftlik sifatida o'ynatmoqchi.
Suaresning shartnomasida uning yozda klubdan erkin agent maqomida ketishi mumkinligi borasida band bor. Jamoaga qishda kelgan va ijara shartnomasida 33,5 million evrolik xarid qilish huquqi bor hujumchi Mussa Dembele esa yaqinda mashg'ulotlrda hushini yo'qotdi.
"Atletiko" "Yuventus"da ijara asosida o'ynayotgan Alvaro Moratani ham hisobdan chiqarmagan.
Jerar Morenoning transferini amalga oshirishdagi eng muammoli jihati - bu uning tovon puli - 100 million evro.
Morenoning "sariq suvosti kemasi" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchi joriy mavsum "Vilyarreal" libosida 32ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar