"Atletiko" himoyachisi Vrsalko tizzasidan uchinchi jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va kamida dekabrga qadar safdan chiqdi
11 okt 2020 10:37
Yangiliklar


"Atletiko" himoyachisi Vrsalko tizzasidan uchinchi jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va kamida dekabrga qadar safdan chiqdi
"Atletiko" himoyachisi SHime Vrsalko tizzasi bilan bog'liq muammolardan qutula olmayapti.
28 yoshli xorvat o'tgan payshanbada chap tizzasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va kamida dekabrga qadar safdan chiqdi.
Muammolar 2019 yilnning yanvar oyida, aniqrog'i u "Inter"da ijara asosida o'ynab yurgan payti boshlangan edi.
SHundan so'ng futbolchi 1 yil 10 oy davomida 7ta o'yin o'tkazdi. Vrsalko so'nggi bor "Atletiko" safida 11 mart kuni CHL doirasidagi "Liverpul" (3:2)ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar