"Atletiko" futbolchisi AQSH yoki Braziliyaga ketishi mumkin
20 iyu 2019 13:05
Yangiliklar


"Atletiko" futbolchisi AQSH yoki Braziliyaga ketishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubining mavsumlar oralig'ida ketishi aniq bo'lgan himoyachisi Xuanfran faoliyatini "Neshvill"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, 34 yoshli futbolchiga Braziliyaning "Korintians" va "San-Paulu" klublari qiziqmoqda.
Xuanfran "Atletiko"ga 2011 yanvarda kelgan va "matraschilar" libosida 354ta o'yin o'tkazib, 6ta gol urishga erishgan. SHuningdek, ispaniyalik futbolchi Madrid klubi bilan 6ta turnirda g'alaba qozongan.
Eslatib o'tamiz, Xuanfran "Real" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Atletiko"dan oldin "Osasuna"da to'p tepgan. Ispaniya terma jamoasidagi faoliyati esa 2012-2016 yillarni o'z ichiga oladi.
Oldinroq, "matraschilar" tarkibini yana bir fulbek Felipe Luis tark etishi mumkinligi to'g'risida xabarlar chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar