So’nggi yangiliklar

09:52Sofascore. Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:24Самандар Мавлонқулов фаолиятини пойтахтда давом эттиради  0 08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  2 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  25 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  19 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  141 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7

"Atletiko" finalda! Bunga kimlar "aybdor"? Yangiliklar

"Atletiko" finalda! Bunga kimlar "aybdor"?

Madridning "Atletiko" klubi Evropa chempionlar ligasining dastlabki finalchisiga aylandi.

Biz "Atletiko"ni finalga chiqishida eng katta xissa qo'shgan insonlarni yodingizga solamiz.


Diego Godin
Jamoaning markaziy himoyachisi Diego Godin "Atletiko"ning finalga chiqishiga juda katta xissa qo'shdi. Urugvaylik himoyachi jarohat olib maydonga tushmasa Madrid klubiga juda og'ir bo'ladi. Godin "Barselona"ga qarshi chorak final o'yinlarida hamyurti Luis Suaresga mutlaqo o'yin bermadi.



Fernando Torres
"CHelsi" va "Milan"ga kerak bo'lmay qolgan Torresni sobiq jamoadoshi Diego Simeone Madridga chaqirdi. "El Nino" mavsum boshida jamoaga qo'shilib ketishda qiynalgani rost. Lekin oxirgi oylarda birin ketin raqiblar darvozasini ishg'ol qilib jamoaning g'alabalariga katta xissa qo'shishni boshladi. CHorak finalda "Barselona"ga qarshi safardagi o'yinda urgan goli yakunda "Atletiko"ni yarim finalga chiqishiga yordam berdi. Yarim final javob bahsida Torres penaltidan to'p kirita olmadi, lekin undan oldin Grizmannga ajoyib pasni aynan Fernando tashlab berganini barcha ko'rdi.



Saul Ngiez
"Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Saul Ngiez 2010 yildan buyon Madridning ikkinchi klubida o'ynab kelmoqda. Yarim himoyachi guruh bosqichida "Astana" va "Benfika" klublariga qarshi o'yinda o'z hisobiga gol yozib qo'ygandi. Ammo uning eng muhim goli yarim finalda "Bavariya"ga qarshi bahsda urildi. Raqibning 4 nafar raqibini aldab kiritgan to'pi butun jahonga Saulni mashhur qilib yubordi.  


Yan Oblak
Tibo Kurtua "CHelsi"ga ketgach Madrid klubi uning o'rniga "Benfika" klubi posboni Yan Oblakni sotib olgandi. O'tgan mavsumda Oblak asosan Ispaniya chempionati bahslarida maydonga tushdi. ECHLda Moyya darvozani qo'riqlagandi. Bu yildan esa Yan Oblak CHempionlar ligasida asosiy darvozabonga aylandi. Bo'lib o'tgan 12ta o'yinning 8tasida sloveniyalik posbon o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi va atiga 7ta gol o'tkazib yubordi. 1/8 finalda PSV, chorak finalda "Barselona" va "Bavariya"ga qarshi Madridda kechgan bahslarda aynan Oblak qahramon bo'ldi. Kecha Tomas Myuller penaltidan gol urganida "Atletiko" finalga chiqa olmasligi deyarli aniq edi. Ammo darvozabon germaniyalik futbolchining zarbasini qaytarib jamoasiga ishonch bag'ishladi.



Antuan Grizmann
Franciyalik aslida yarim himoyachi bo'lgan hujumchi so'nggi 2 yilda "Atletiko"ning haqiqiy etakchisi hisoblanadi. Hozirgi kunda Madrid klubini Grizmannsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Antuan bu mavsum ECHLda 7ta gol urdi. Futbolchi guruh bosqichida "Galatasaroy"ga qarshi ikkala o'yinda ham dublga erishdi. CHorak finalda javob o'yinida "Barselona" darvozasiga ham 2ta to'p kiritgan Grizmann kecha "Bavariya" darvozasini ham ishg'ol qildi. Uning goli "Atletiko"ni finalga chiqishida muhim rol o'ynadi.



Diego Simeone

"Urishqoq" futbolchi "super urishqoq" murabbiyga aylanib bo'lgan. Argentinalik murabbiy maydon chetida o'z shogirdlaridan kam yugurmaydi. Har bir vaziyatga, har bir to'qnashuvga, har bir detalga etiborda bo'ladigan, vaqti kelsa o'z murabbiylar shtabidagi yordamchisini ham urib qoladigan, raqib futbolchilari bilan maydonning o'zida "ishkal" tashkil qilib tashlaydigan Simeone "Atletiko"ni ikkinchi marta Evropa chempionlar ligasida finalga olib chiqdi. 2014 yilda Madrid klubi hamshahri "Real"ga so'nggi soniyalarda o'tkazilgan gol tufayli yutqazib qo'ygandi. Bu yilgi final Milan shahridagi "San Siro" stadionida bo'lib o'tadi. Unda "matraschilar"ga yoki "Real" yoki "Manchester Siti" qarshilik qiladi. Finalda ham Diego boshqacha harakatlari bilan dunyo ahlini o'ziga qarata oladi deb o'ylaymiz.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика