"Atletiko" Feliks uchun chamasi 120 million evro so'raydi
08 dek 2022 13:33
Yangiliklar
Insayder Fabricio Romano "Atletiko" yarim himoyachisi Joau Feliksni qanchalik qadrlashini aytdi.
"Joau Feliksning 2023 yilda "Atletiko"ni tark etishi ehtimoli bor. Klub 100 million evrodan ko'proq so'raydi – taxminan 120 million. Va qolgani takliflarga bog'liq bo'ladi.
U qaerga ketishini aytishga hali erta bo'lsa-da, uning agenti bozordagi vaziyatni o'rganayotgani va ko'plab klublar bilan muloqotda bo'lib turganini aytish joiz. Feliks bir kun kelib APLda o'ynashni orzu qilyapti", – dedi Romano.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar