"Atletiko" de Paulning transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2021, 22:29
Yarim himoyachi Rodrigo de Paul "Udineze"dan "Atletiko"ga o'tdi.

Argentinalik futbolchi Madrid klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi uchun "Atletiko" 35 mln evrodan voz kechdi.

De Paul 2016 yili "Udineze"ga o'tgandi. Bir necha kunlar oldin u termasi tarkibida Amerika Kubogini yutdi.

O'tgan mavsumda futbolchi A Seriyaning 36 o'yinida 9tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/atleti