"Atletiko" "CHelsi" vingeriga qiziqmoqda
03 mar 2021 17:15
Yangiliklar


"Atletiko" "CHelsi" vingeriga qiziqmoqda
Hujumkor yarim himoyachi Xakim Ziesh o'yin amaliyoti kamligi sabab "CHelsi"dan ketmoqchi.
27 yoshli marokashlik futbolchi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
O'yinchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. Madridliklar Zieshga Vitoloning o'rinbosari sifatida qarashmoqda. "Aristokratlar" ham Zieshning sotuvini ko'rib chiqishga tayyorlar.
Xakim "CHelsi" bilan 2020 yilning fevralida shartnoma imzolagan edi. Vinger joriy mavsum Premer-liga doirasida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar