"Atletiko" "Chelsi" vingeri bilan aloqaga chiqdi

Alisher
28 fev 2020, 14:48
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Atletiko" 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Madrid klubi Villianning vakillari bilan aloqaga chiqib, ehtimoliy transferni muhokama qilishdi.

Villian joriy mavsum "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi o'yinchisi "Chelsi"ga 2013 yilda Rossiyaning "Anji" klubidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo