Atletiko – Barselona. Inesta maydonga tusha oladi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2017, 10:21
Barselona yarim himoyachisi Andres Inesta Ispaniya chempionatining 8-turida Atletikoga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.

33 yoshli ispan jarohatidan qutuldi va Madriddagi o'yinda maydonga tusha oladi.

Inesta Ispaniya chempionatining 7-turida Las-Palmas bilan o'yinda (3:0) jarohat olib JCH-2018 saralashi doirasidagi ikki uchrashuvni o'tkazib yubordi.

Atletiko - Barselona uchrashuvi 14 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com