"Atletiko" "Arsenal" futbolchisini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi
21 sen 2020 11:00
Yangiliklar
"Atletiko" "Arsenal" futbolchisini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi
"Arsenal" yarim himoyachisi Lukas Torreyra faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
"Atletiko" "to'pchilar" bilan 24 yoshli o'yinchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
Torreyraning o'zi ham "Arsenal"dan ketishni rejalashtirmoqda. "Arsenal" madridliklar yarim himoyachisi Tomas Parti yoki "Lion" xavbeki Ussem Auarni olish uchun bir yo'la urugvaylikni sotib yubormoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" shuningdek "Barselona" hujumchisi Luis Suaresni ham o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Ammo jurnalistning malumotlariga ko'ra, "Atleti" yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashi uchun oldin futbolchi sotishi kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar