"Atletik" hujumchisi Messi va Ramos natijasini takrorladi
11 dek 2018 13:47
Yangiliklar
"Atletik" hujumchisi Messi va Ramos natijasini takrorladi
"Atletik" forvardi Aric Aduris "Jirona"ga qarshi LaLiganing 15-tur uchrashuvida penaltidan gol urib, jamoasiga g'alaba taqdim etdi.
Bu 37 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi birinchi goli bo'ldi. SHunday qilib, hujumchi so'nggi 14ta chempionatda gol urishga erishgan futbolchilar safidan joy oldi. Oldinroq bu natijaga "Barselona" forvardi Lionel Messi va "Real" himoyachisi Serxio Ramos erishgan edi.
"Atletik" 15-turdan so'ng turnir jadvalida 14 ochko bilan 18-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
17:11
"Al Nassr" himoyachisi Evropaga qaytish uchun maoshi sezilarli darajada kamayishiga ham rozi 5
Fikrlar