"Atletik" 36 yoshli Aduris bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2017, 14:31
"Atletik" hujumchisi Aric Aduris o'z jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi.

Tovon puli 40 mln. evro etib belgilangan yangi kelishuv 2019 yilning yozigacha mo'ljallangan. 36 yoshli futbolchining avvalgi bitimi kelasi yil yozda yakuniga etar edi.

Aduris 2015 yilda uchinchi marotaba "Atletik"ka o'tdi. U faoliyati davomida basklar safida 336ta uchrashuv o'tkazib, 154ta gol urdi. 35 yoshida u ilk marotaba Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatiga (Evro-2016) bordi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com