"Atletik" Errerin va Etcheyt bilan shartnomani uzaytirdi
26 may 2015 06:55
Yangiliklar


"Atletik" Errerin va Etcheyt bilan shartnomani uzaytirdi
Atletik jamoa posboni Yago Errerin va himoyachi Xabi Etcheyt bilan o'rtadagi kelishuvni uzaytirishga muvaffaq bo'ldi.
Errerin bilan 2017 yilga qadar, Etcheyt bilan esa 2018 yilga qadar shartnoma uzaytirildi.
Errerinni sotib olmoqchi bo'lgan jamoa 35 million evro, Etcheytni uchun esa 40 million evro to'lashi lozimligi shartnoma bandida ko'rsatib o'tilgan.
Eslatib o'tamiz, "Atletik" klubi jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan ham yaqinda shartnomani 2016 yilga qadar uzaytirgandi.

Fikrlar