So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  2 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

"Atletik" bu sovrin tomon 30 yillik yo'lni bosib o'tdi... Yangiliklar

"Atletik" bu sovrin tomon 30 yillik yo'lni bosib o'tdi...

Valverde basklarning Kubokdagi "lanatiga" biror chora topishi zarur.

Intriga o'z tasdig'ini topdi – mamlakatning TOP-3 jamoasining hech biri Ispaniya Kubogi finalida bo'lmaydi. "Atletik" sensacion ravishda "Atletiko"ni mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.


Bu safar ham "matraschilar", "Barsa" va "Real" Kubok finaliga etib bora olishmadi 

Hech kimga sir emas ispan futbolining yirik uch vakili doim ham kubok bahslariga o'ta muhim musobaqa sifatida qaramaydi. Oxirgi yillarda ayniqsa ushbu jamoalarning finalga etib bora olmasligi normal holatga aylanib qoldi. O'tgan yili "Real" ishonchli tarzda finalgacha etib bordi va u erda "Osasuna"ni taslim etdi – keyin chempionlik tituli ham qo'lga kiritildi. "Barselona" La Ligada zafar quchgan yili esa Kubok "Betis"ga nasib qilgandi — finalda ularga "Valensiya" qarshilik qilgan.

20/21-yilgi mavsumda – trofey kataloniyaliklarniki bo'lgan. Bundan bir yil avval esa – final yana favoritlarsiz hadma "Reala Sosedad" "Atletik"ni engadi. Bu mavsum chempionlik uchun kurash biroz qiziqarliroq kechayotgandek – kuchli uchlikka "Jirona" kirib oldi. "Real" kutilmaganda 1/8 finaldayoq kubokdan chiqib ketdi. "Qaymoqranglilar" Madrid derbisida imkoniyatni boy berdi va omad yana "Atletiko"ga kulib boqdi. "Barsa" musobaqani chorak finalda tark etdi.

Ikkinchi yarim finaldan aytarli umid ham yo'q edi – u erda "Sosedad"ni juda istasak ham yaqqol favorit deyish qiyin bo'ladi. Finalda bask derbisi guvohiga aylanishimiz mumkin edi – biroq ECHL pley-off uchrashuvini o'ylagan "Real Sosedad" "Malorka"ga yutqazib qo'ydi. Ikkinchi tomonda "Atletik" "matraschilar"ni musobaqadan chiqarib yubordi. SHunday ekan, bu safargi finalda ham biz autsayder va o'rtamiyonadan kuchliroq jamoa kurashiga guvoh bo'lamiz.


"Atletik" — musobaqada g'alaba qozonish bo'yicha ikkinchi o'rinda, ammo bu asrda omad kelmayapti

"Atletik" ko'p bor sovringa bu kabi yaqin kelgan. Umumiy olganda aynan "Atletik" xuddi "Real" va "Barselona" kabi finalga ko'p chiqa oladi — ushbu uchlikning har biri kamida 40 martadan final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Misol uchun "Atletiko" hisobida 19 final bor. Ana shunaqa gaplar, ispan futbolining tajribali muxlisi bo'lmasangiz, bu fakt siz uchun kutilmagan bo'lishi turgan gap.

XXI asrning o'zida ham kubok uchun urinishlar etarlicha bo'lgan – biroq Kubokni "Atletik" oxirgi marta 1984 (!) yilda qo'lga kiritgan. Finallarda "Kastelon", "Elche", "Real", "Atletiko", "Sevilya", "Valensiya" va boshqalar ustidan g'alabalar qayd etilgan. Umumiy hisobda basklar musobaqada 24 marta g'olib chiqa olgan – oldinda faqat "Barselona" bor.

Biroq oxirgi triumfdan keyin uzoq muddatli tanaffus davom etmoqda. Keyin 13 mavsum final orzu bo'lib qolaverdi. Yangi asr boshida ishlar yaxshi tomonga o'zgardi, lekin "Atletik" qayta-qayta katalon shlagbaumiga urilaverdi. Ushbu raqiblar 4 marta sovrin egasini o'zaro bahsda aniqlashgan – va har safar omad "ko'k-anorranglilar" tomonida bo'ldi. Qo'shimchasiga, 19/20-yilgi mavsum "Sosedad" bask derbisida qo'shnilarini ranjitgan. SHunday ekan "Atletik"ning ancha alami yig'ilib qolgan.


Valverde qo'l ostida basklar g'alabaga ishonmoqda

Bu holatni "lanat" deb bo'lmas, lekin tasodif deyish ham biroz qiyindek. Ernesto Valverde jamoa falsafasini yaxshi biladi va unga kubok sovg'a qilish ilinjida. Sababi aynan shu erdan murabbiy "Barselona"ga yo'l olgandi. Endi yana "Atletik" bilan g'alabalar sari intilmoqda. 

Sekin-asta murabbiy jamoani yuqoriroq darajaga etaklamoqda. "SHerlar" evrokuboklarni sog'ingani aniq – buni muxlislar ham sog'ingan, klub byudjeti uchun ham yaxshi yangilik bo'lardi. Valverde qaytgach, birinchi mavsumdayoq basklarni evrokuboklar yo'llanmasi tomon undadi – lekin unda "Osasuna"ni quvib o'tishning imkoni bo'lmadi, chempionat finishidagi qoqilishlar pand berdi.

Hozir Valverde "Atletik"dagi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda va "qizil-oqlar" ancha dadil odimlamoqda. 27-turga kelib, jamoa TOP-5da va "Betis", "Sosedad", "Valensiya"dan 7-13 ochkoga ilgarilab ketdi. Malum holatda klub ECHL yo'llanmasi uchun chinakamiga kurashishi ham mumkin – "Atletiko" bilan oradagi farq bor yo'g'i 3 ochko.

Kubokda esa basklar barcha sinovlardan o'tib bormoqda. Autsayderlar bilan o'yinlarda qoqilmadi, "Eybar" va "Alaves"ga imkon qoldirilmadi. Grandlar oldida o'zini yo'qotib qo'ymadi – avvaliga "Barselona"dan o'sha 4 mag'lubiyat uchun alam olindi, keyin ikki bor "Atletiko" taslim etildi. Etiborlisi, "matraschilar" bitta gol ham ura olishmadi. Valverde "Atletik" uchun ideal murabbiyga aylandi — endi bu juftlik sovrin qo'lga kiritsa adolatdan bo'lardi. Finaldagi raqib esa buning  uchun o'ta qulay, qo'shnilarni ranjitgan autsayder.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика