So’nggi yangiliklar

19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  0 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  2 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  2 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  14 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0

"Atalanta"ning pleymeykeri Papu Gomes hakamga qarab bo'sh hudud izlaydi Yangiliklar

"Atalanta"ning pleymeykeri Papu Gomes hakamga qarab bo'sh hudud izlaydi

Teglar :  Papu GomesAtalanta
Kecha u birinchi golga assistentlik qildi.

"Atalanta" "Valensiya"ni o'z uyida 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv qahramonlaridan biri - argentinalik Alexandro "Papu" Gomes. Bu jamoada u asosiy assistent, joriy mavsum A Seriyada 10ta golli pas berdi.


CHempionlar ligasi bahsida "Atalanta" pleymeykeri birinchi golga assistentlik qildi va xavfli vaziyatlar yaratishda davom etdi. Gomesning ko'zga tashlangan kuchli tomoni - joy tanlash: U doimo bo'sh zona topadi va bu bilan jamoadoshlariga yordam beradi.

Oldinroq, Papu maydonda poziciyani qanday tanlashini aytib bergan edi. Bu sizga ham yoqib qolishi mumkin:

"Raqiblar meni ortimdan taqib qilishi juda qiyin. Bazida himoya boshida yoki hujumda paydo bo'laman.


Kimga qarab joy tanlashimni bilasizmi? Hakamga. Referi doimo hammadan yaxshi poziciyaga ega bo'ladi, u doimo erkin. SHu sababli arbitr bo'lgan joyda yurish lozim".


Hammasi to'g'ri: Hakam to'p bilan bo'layotgan jarayonga yaqin turishi, ammo unga halaqit qilmaydigan joyda bo'lishi lozim. Demak, referi doimo bo'sh zona qidiradi.


Birinchi bo'lim - Gomesning layfxaki bo'yicha o'tdi. Argentinalikni topish oson: Uning oq rangga bo'yalgan sochlari doimo Maykl Oliverga yaqin bo'ldi.



Bazida bosh hakam Gomes topgan joyga harakatlanayotgandek ko'rindi.


"Atalanta"ning uzoq vaqt davom etadigan pozicion hujumlarida Papu hakam yonida paydo bo'ladi. Tezkor hujumlarda esa Gomes chap qanotga yaqinroq o'ynaydi.


Italiyaliklar ikkinchi bo'limda pozicion hujumlarni kamaytirishdi va qarshi hujum uchun vaqt poylashdi. SHu sababli Alexandro chap qanotga yaqin joyda harakatlandi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика