"Atalanta"ning 5 o'yinchisi jarohati sabab "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
1 noya 2020, 13:07
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Chempionlar Ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yinda jarohat olgan o'yinchilarning o'ynay olish ehtimolini baholadi.

A Seriya doirasidagi "Krotone" (2:1)ga qarshi o'yinda himoyachi Xans Xatebur va Kristian Romero jarohat olishdi. Oldinroq himoyachi Robin Gozenz va xavbek Marten de Ron ham safdan chiqqan edi.

"Kutish kerak, ertaga (yakshanba kungi intervyu) tafsilotlarni bilib olamiz. Toloi ham bugun jarohat oldi, uning tizzasi jiddiy shikastlandi.

Ko'ramiz, kim tiklanadiyu, kim yo'q", - deydi Gasperini.

Eslatib o'tamiz, "Atalanta" - "Liverpul" o'yini seshanba kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net