"Atalanta" ukrainalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
13 iyu 2019 20:20
Yangiliklar


"Atalanta" ukrainalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
"Genk" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy 13,7 mln. evro evaziga "Atalanta"ga o'tmoqda.
Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka di Marcio malum qildi. Manbaga ko'ra, yaqin vaqtlar ichida 26 yoshli ukrainalik tibbiy ko'rikdan o'tish maqsadida Italiyaga etib keladi.
Malinovski o'tgan mavsum Belgiya klubida 51 ta o'yin o'tkazdi va 16 tadan gol va assist muallifiga aylandi.
Ruslan shu paytga qadar Ukraina milliy termasida 22 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan va 5 marta golli uzatma bergan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar