“Atalanta” murabbiyi ikkita o'yinga chetlatildi
18 jan 2017 01:40
Yangiliklar
“Atalanta” murabbiyi ikkita o'yinga chetlatildi
Italiya A Seriyasi tartib-intizom qo'mitasi “Atalanta” bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinini ikkita o'yinga chetlatish haqida qaror qabul qildi.
58 yoshli mutaxassis Italiya chempionatining 20-turida jamoasining “Lacio” ga (1:2) qarshi uchrashuvining 79-daqiqasida maydondan chetlatilgandi. Uchrashuv davomida murabbiy bir necha bor bosh hakamning qarorlariga qo'pol tarzda noroziligini bildirgan va zaxira hakami shaniga nomaqbul fikrlarni bildirgan edi.
SHu tariqa Gasperini jamoasining ikkita uchrashuvini (“Sampdoriya” va “Torino”) tribunadan turib kuzatishga majbur.
“Atalanta” ayni paytda A seriya turnir jadvalida 35 ochko to'plab ettinchi pog'onani egallab turibdi.
Fikrlar